site logo

Institut haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-22 sonli qaroriga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi ta’sischiligida hamda Ummon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi ishtirokida Farg’ona shahrida “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti” tashkil etildi. Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi. Institutda talabalar kunduzgi va kechki taʼlim shaklida, oʻzbek, rus va ingliz tillarida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ta'lim oladilar. Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.