Janubiy Koreyaning KOAMI (Korea Association of Machinery Industry) kompaniyasining xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha vakillari Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida avval tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida institutda amalga oshirilgan ishlar to‘liq ishga tushirilgani hamda loyiha natijalari mehmonlarga namoyish etildi. Hamkorlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikni kengaytirish, xalqaro investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.