Xitoyning Weifang Vocational College delegatsiyasi
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiga tashrif buyurdi
Mehmonlar institutimizning fakultet va kafedralari faoliyati, o‘quv jarayoni, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlar bilan tanishdilar.
Talabalarga yaratilgan sharoitlar, amaliyot bazalari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Delegatsiya institutimiz salohiyatini yuksak baholab, ilmiy va ta’limiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.