Bugun Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti talabalari akademik mobillik dasturi asosida Turkiyaning Fırat Universitydagi ta’lim jarayoni, mavjud sharoitlari hamda o‘quv dasturlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, talabalar bilan semestr davomida amalga oshiriladigan o‘quv va ilmiy faoliyat rejalari muhokama qilindi. Mazkur jarayon yoshlarimizning xalqaro tajriba orttirishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitishi hamda ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Talabalarimizga xorijdagi tahsil jarayonida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!