O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi vakillari institutimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida intellektual mulk obyektlari, xususan sanoat mulki obyektlari — ixtiro va foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda tijorat siri haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ixtiro va foydali model tushunchasi, ya’ni mahsulotlar hamda ularni olish usullari bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.