Loading...
HECI
Yangiliklar

HECI

24.02.2026 16:07
Orqaga Telegramda ko'rish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining 2025-yil 12-martdagi 66-son buyrug‘iga asosan, joriy yilda agrar va oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda yoshlarni HECI yondashuvlari asosida rivojlantirish maqsadida sohadagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Mazkur qo‘llanmani 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tanlov fani sifatida joriy etish belgilandi.

HECI yondashuvlari — insoniylik (Humanity), axloq (Ethics), ijodkorlik (Creativity) va tasavvur (Imagination) tamoyillari asosida shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan.

Shunga muvofiq, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining mas’ul trenerlari tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv kursi tashkil etildi. Kurs davomida inson kapitalini rivojlantirishda axloqiy tamoyillarning ahamiyati, ijodiy fikrlashni shakllantirish hamda zamonaviy agrar ta’lim talablariga mos o‘quv-tarbiyaviy yondashuvlar keng yoritib berildi.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!