Joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimizda yoshlar siyosati rivojining yangi bosqichini belgilab beruvchi muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida baholandi. Ushbu uchrashuvda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarlar bilan ta’minlash, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro raqobatga tayyor kadrlar tayyorlash masalalari ustuvor vazifalar sifatida ilgari surildi.