Jadid adabiyotining durdona asarlari elektron va audio kitoblar shaklida tayyorlandi.
Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi tomonidan milliy adabiyotimiz va ma’rifatparvarlik tarixida alohida o‘rin tutuvchi quyidagi asarlar zamonaviy audiovizual formatda tayyorlanib, “Mutolaa” platformasiga joylashtirildi:
“O‘tkan kunlar” — Abdulla Qodiriy
“Kecha va kunduz” — Abdulhamid Cho‘lpon
“Qatlnoma” — Nabijon Boqiy
“Hind sayyohining qissasi” — Fitrat
“Abulfayzxon” — Fitrat
“Jinlar bazmi” — Abdulla Qodiriy
“Turkiy guliston yoxud axloq” — Abdulla Avloniy
“Eski maktab” — Sadriddin Ayniy
“Bir vafolik zaifaning xususida” — Behbudiy
“Odob-axloq kitobi” — Munavvarqori Abdurashidxonov
Ushbu loyiha orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi yosh avlodga zamonaviy va ta’sirchan usulda yetkazilmoqda.