Loading...
Harbiy qismda o‘quv-seminar o‘tkazildi
Yangiliklar

Harbiy qismda o‘quv-seminar o‘tkazildi

26.01.2026 04:35
Orqaga Telegramda ko'rish

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti professor-o‘qituvchilari ishtirokida Farg‘ona shahridagi 48982-sonli harbiy qismda o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash jarayonlari, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi muhim masalalar keng muhokama qilindi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlanib, seminar davomida bildirilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan ilmiy asoslangan batafsil javoblar berildi.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!