Loading...
QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Yangiliklar

QABUL KOMISSIYASI A’ZOLARI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

12.06.2026 07:48
Orqaga Telegramda ko'rish

2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida qabul komissiyasi a’zolarining xizmat vazifalari, qabul jarayonlarida shaffoflik, adolatlilik va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, komissiya a’zolariga quyidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi:

🔹 abituriyentlarga teng imkoniyat yaratish;
🔹 murojaatlar bilan tezkor va sifatli ishlash;
🔹 qabul jarayonlarining ochiqligi va xolisligini ta’minlash;
🔹 xizmat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
🔹 korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!