30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi va samimiy muloqot qildi.
Ushbu uchrashuvda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti 6-23-guruh talabasi
🎓 Hasanjon Bahodirov Baxtiyorjon oʻgʻli ham faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi.
Yoshlar – yurtimiz kelajagi. Bunday muloqotlar esa ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishiga zamin yaratadi.