Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti ekologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Sog‘lom avlod — millat kelajagi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni kamaytirish hamda yoshlarning ekologik faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflari bilan faol qatnashib, ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar.
Interaktiv mashg‘ulotlar va qiziqarli muhokamalar ruhida o‘tgan tadbir yoshlarni tabiatga mehr va mas’uliyat bilan qarashga undadi.