Loading...
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi
Yangiliklar

“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi

19.05.2026 04:21
Orqaga Telegramda ko'rish

Yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat — bu hayot, toza havo, sog‘lom muhit va porloq kelajak demak.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi.

Tadbirda boshqa hududlar qatori Farg‘ona viloyati ham videoaloqa orqali qatnashib, yashil hududlar tashkil etish ishlarini boshlab berdi.

Mazkur ezgu tashabbusda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!