Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida talabalar uchun unutilmas va foydali uchrashuv tashkil etildi.
Navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mehmoni O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Karachayev bo‘ldi.
Muloqot davomida ekologik madaniyat, yoshlarning atrof-muhitni asrashdagi o‘rni hamda “yashil” tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning yangi g‘oyalari va ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr almashildi.
Sh. Karachayev o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undadi.
Samimiy va mazmunli o‘tgan ushbu uchrashuv talabalar uchun katta motivatsiya va yangi ilhom manbai bo‘ldi.