Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti Biotexnologiya yo‘nalishi 6-24-guruh talabasi Abdullayev Lazizbek tomonidan yozilgan “Chiqindidan foydali mahsulot: “Ekomatpro” ekologik tashabbus” nomli maqola “Jamiyat” gazetasining 2026-yil 2-aprel sonida chop etildi.
L. Abdullayev ayni paytda “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi” kafedrasi dotsenti Sh. Akramov ilmiy rahbarligida “Maishiy plastik chiqindilarni qayta ishlash asosida ekologik toza to‘qima mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Mazkur ilmiy izlanishlar ekologik muammolarni kamaytirish va chiqindilarni samarali qayta ishlash orqali foydali mahsulotlar yaratishga xizmat qilmoqda.