Loading...
Kurpayanidi Konstantin Ivanovich

Kurpayanidi Konstantin Ivanovich

Iqtisod fanlari nomzodi,Professor
Kafedra Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi
Ilmiy darajasi Iqtisod fanlari nomzodi, 2009-yil.
Ilmiy unvoni Dotsent, 2011-yil; professor, 2023-yil.
Bitirgan oliy taʼlim muassasasi Farg‘ona davlat texnika universiteti, 1998-yil.
Ilmiy profillar

01 Taʼlim va malaka oshirish
1998-yilda Farg‘ona davlat texnika universitetini tamomlagan.

2009-yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2011-yilda dotsent, 2023-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2025-yil 22-iyuldan 5-sentabrgacha Moskva shahridagi Professional ta’lim institutida «Iqtisodiy xavfsizlik» yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish kursini tamomlagan.

2026-yil mart oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash dasturida qatnashgan.

2026-yilda «Farg‘ona Global Textile» MChJda ilmiy-amaliy stajirovkadan o‘tgan.
02 Mehnat faoliyati
2024-yil sentabr oyidan buyon Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritadi.
03 Oʻquv faoliyati
Iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, logistika asoslari va bojxona ishi fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi.
04 Ilmiy nashrlar
Jami 410 ta ilmiy nashr muallifi. Shundan 215 tasi OAK e’tirof etgan jurnallarda, 195 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Scopus bazasida indekslangan 15 ta nashri mavjud.

2026-yil sentabr holatiga ko‘ra:

Scopus H-indeksi — 7;

Scopus iqtiboslari soni — 149 ta;

Google Scholar H-indeksi — 38.
05 Monografiyalar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar
26 ta monografiya, jumladan, xorijda nashr etilgan 18 ta monografiya muallifi. Shuningdek, 22 ta darslik va 4 ta o‘quv qo‘llanma yaratgan.
06 Ilmiy loyihalar va grantlar
TEMPUS UnivEnt dasturining «Ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etishda universitetlar rolini kuchaytirish» (511337-TEMPUS-1-2010-1-DE-TEMPUS-JPHES) loyihasida ijrochi sifatida qatnashgan.

Farg‘ona viloyati hududiy innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazi bilan hamkorlikdagi YoA-2-002 «Rekruting xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish» loyihasida ishtirok etgan.

2024-yil 5-martdagi 5-IL-sonli buyruq asosida 2024-yil 1-martdan «InnoRobo School» startap loyihasiga ilmiy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

So‘nggi uch yil davomida uchta mahalliy xo‘jalik shartnomasi loyihasiga rahbarlik qilgan.

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FL-9524104968 «Noaniqlik sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning moslashuvi» loyihasida ijrochi sifatida qatnashmoqda.

7. Konferensiyalar va seminarlar

Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 350 marta, xalqaro ilmiy anjumanlarda 82 marta ishtirok etgan.
07 Konferensiyalar va seminarlar
«Pedagogik grantlar – 2010» dasturi g‘olibi.

2015-yilda «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» respublika tanlovining iqtisod ta’lim sohasi bo‘yicha «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi» nominatsiyasi g‘olibi.

Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasi professori va Xalqaro nazariy va amaliy fanlar akademiyasi akademigi.

2016-yil 22-martda iqtisodiy ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Adam Smith medali bilan taqdirlangan.

2025-yilda «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

«Bulletin of Science and Practice» (ISSN 2414-2948), «Theoretical & Applied Science» (ISSN 2308-4944) va «International Journal of Multidisciplinary Research and Technology» (ISSN 2582-7359) jurnallari tahririyat hay’atlari a’zosi.
08 Kasbiy yutuqlar va mukofotlar
«Pedagogik grantlar – 2010» dasturi g‘olibi.

2015-yilda «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» respublika tanlovining iqtisod ta’lim sohasi bo‘yicha «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi» nominatsiyasi g‘olibi.

Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasi professori va Xalqaro nazariy va amaliy fanlar akademiyasi akademigi.

2016-yil 22-martda iqtisodiy ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Adam Smith medali bilan taqdirlangan.

2025-yilda «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

«Bulletin of Science and Practice» (ISSN 2414-2948), «Theoretical & Applied Science» (ISSN 2308-4944) va «International Journal of Multidisciplinary Research and Technology» (ISSN 2582-7359) ju
09 Ilmiy ish mavzusi
«O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining tadbirkorlik sektoridagi institutsional o‘zgarishlar (sanoat sektori materiallari asosida)».
10 Qoʻshimcha maʼlumotlar
2018-yilda «Iste’dod» jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritib, V. G. Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universitetida biznes ta’limi va samarali ta’lim texnologiyalari yo‘nalishida malaka oshirgan.

2025-yil 27-yanvardan 27-fevralgacha Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetida O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlik sektoridagi institutsional o‘zgarishlar hamda ta’lim metodologiyalari bo‘yicha 144 soatlik ilmiy-pedagogik stajirovkadan o‘tgan (sertifikat № I-0001-25).

2026-yil 2-iyundan 2-avgustgacha Moskva shahridagi Professional ta’lim institutida «Davlat va munitsipal boshqaruv» yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatlik kursni tamomlagan.
Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!