Loading...
Vazirlik targ'ibot namunalari, qisqa va aloqa raqamlari
Kaxxarov Ilxomjon Abduraximovich
Korrupsiyaga qarshi kurashish

Kaxxarov Ilxomjon Abduraximovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

📧 compliance@ilfte.uz 💬 Telegram: @ilfte_anticorruption

  • +998 99 997 96 66
  • ilxomjon9666@gmail.com
Bogʻlanish

MUROJAATNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli xodimlar va qadrli talabalar. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo'yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so'nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari misolida ham ko'rish mumkin.

Shu bilan birga, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutning boshqaruv tizimi faoliyatida korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan vazifalar va yo'nalishlar belgilab olinib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo'yicha tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Institutda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir targ'ibot tadbirlari, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo'yicha o'quv seminarlari, treninglar, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda.

Barcha xodimlarga shuni alohida ta'kidlab o'tmoqchimizki, korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyiliga tayangan holda har qanday korrupsion xatti-harakatlarda ishtirok etmang, boshqa shaxslarning manfaatini ko'zlab harakat qilmang, xizmat mavqeingizdan noqonuniy foydalanmang.

Korrupsiya – bu jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazadigan illat bo'lib, unga qarshi kurashish faqat davlatning emas, balki butun jamiyatning mas'uliyatidir.

Institutda har qanday korrupsion holatlar, ta'magirlik va firibgarlikka qarshi tizimli ishlar tashkil etilgan. Hujjatlar qabul qilish va natijalarni e'lon qilish jarayonlari to'liq raqamlashtirilgan.

Ba'zi ota-onalar farzandining bilimiga emas, noqonuniy yo'llarga ishonib, firibgarlarga aldanmoqda. Farzandingizning bilimiga ishonch bildiring va ogoh bo'ling!

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!