Loading...
GRANTLARNI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI BO‘YICHA APELLYATSIYA
E'lonlar

GRANTLARNI QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI BO‘YICHA APELLYATSIYA

08.09.2026 06:05
Ortga Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori asosida OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA MUHANDISLIGI XALQARO INSTITUTIda talabalar uchun grantlarni qayta taqsimlash jarayoni amalga oshirildi.

Grant taqsimoti natijalari akademik o‘zlashtirish hamda ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari asosida shakllantirildi.

Natijalar Bakalavriat va Magistratura ta’lim bosqichlari bo‘yicha e’lon qilinadi.

❗ Natijalar e’lon qilinganidan so‘ng, grant taqsimoti natijasidan norozi bo‘lgan talabalar 48 soat mobaynida apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilishlari mumkin.

Apellyatsiya arizasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

F.I.Sh.;
Guruh;
Telefon raqami;
Arizaning qisqacha mazmuni.

E'lonlar

O'xshash e'lonlar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!