Bugun talabalarimiz Farg‘ona viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ular sud jarayonlarining qanday o‘tishi, ishlar ko‘rib chiqilish bosqichlari hamda sud organlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday amaliy tashriflar talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, adolat va qonun ustuvorligini chuqurroq anglashida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy tajriba — kelajak kasbiy muvaffaqiyatining muhim qismi!