Loading...
ILMDA MENING ORZULARIM
Yangiliklar

ILMDA MENING ORZULARIM

06.02.2026 07:36
Orqaga Telegramda ko'rish

11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmda mening orzularim” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning badiiy tafakkuri hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.

Tanlovda ishtirok etgan iqtidorli talaba-qizlar o‘z ijod namunalari orqali ilm-fanning turli yo‘nalishlari, zamonaviy va kelajak texnologiyalari, shuningdek, o‘zlarining ezgu orzu-intilishlarini mo‘yqalam orqali yorqin va ta’sirchan tarzda ifodaladilar. Har bir asar mazmunan boy, g‘oyaviy jihatdan teran bo‘lib, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan muhabbati va kelajakka bo‘lgan ishonchini yaqqol aks ettirdi.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!