Loading...
“Talaba Fest – 2026” festivali
Yangiliklar

“Talaba Fest – 2026” festivali

06.06.2026 07:07
Orqaga Telegramda ko'rish

Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Talaba Fest – 2026” festivalida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti vakillari ham faol ishtirok etdi.

Mazkur festival yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va tajriba almashinuvi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.Festival doirasida institut vakillari ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi, milliy hamda zamonaviy raqs chiqishlari orqali institut salohiyati va talaba-yoshlarning iste’dodlarini namoyish etdilar.
Festival doirasida institut vakillari ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi, milliy hamda zamonaviy raqs chiqishlari orqali institut salohiyati va talaba-yoshlarning iste’dodlarini namoyish etdilar.

Viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etgan “Talaba Fest” festivalida oliygohimizning faol va iqtidorli talabalari ham munosib ishtirok etdilar.

Festival davomida talabalarimiz tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, bir-biridan nafis va betakror milliy liboslarda sahnaga chiqqan talaba-qizlarimizning chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz va ko‘rk bag‘ishladi. Milliy qadriyatlarimizni tarannum etgan ushbu chiqishlar festivalning eng yorqin lahzalaridan biriga aylandi.

Yangiliklar

O'xshash yangiliklar

Savolingiz bormi? Yordam bera olaman!