Bugun Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi o‘quv yilini munosib boshlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 2026/2027-o‘quv yilidagi ish rejalari, talabalarni munosib kutib olish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi lavozimga tayinlangan xodimlar jamoaga tanishtirildi.
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun muvaffaqiyatli va samarali bo‘lsin!