Bugun, 7-sentyabr kuni Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida 2026/2027-o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun tantanali kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yuldashev Faxriddin Abdulvositovich so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida talabalarga bilim olish yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak marralar va yorqin kelajak tiladi.
Tadbir davomida institut hayoti, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Bu esa birinchi bosqich talabalari uchun yangi muhitga yanada ishonch bilan qadam qo‘yishlariga xizmat qildi.
Barcha 1-bosqich talabalarini yangi o‘quv yili bilan yana bir bor tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam bilim, ulkan muvaffaqiyatlar va yorqin kelajak tilaymiz!